Lrc Player

1

Unknown artist
[03:21.43]·
This lyric sheet isn't paired with a song yet, so lines are shown but won't sync or seek.

[00:00.65] ...

[00:01.30] Kelajaging porloq bo'lsin,

[00:04.70] Hayoting baxtga to'lsin,

[00:08.45] Sevimli insonlaring,

[00:12.44] Mudom yoningda bo'lsin.

[00:16.45] Xudoyim o'zi qo'llar,

[00:20.20] Ezgulik sari yo'llar,

[00:24.20] Beozor yo'llar bo'ylab,

[00:27.94] Omad yo'ldoshing bo'lsin.

[00:31.34] Uxla bolam, jonim bolam,

[00:35.59] Shirin tushlar ko'rgin, sen.

[00:39.34] Uxla bolam, quvonchim,

[00:43.34] Baxtli inson bo'lgin sen.

[00:47.08] Jon bolam, jonim bolam,

[00:51.09] Sen umidim ishonchi,

[00:54.84] Yo'llaring nurga to'lsin,

[00:58.48] Quchog'ing gulga to'lsin.

[01:02.62] Rostgo'ylikni kasb qilgin,

[01:06.28] Halollikni shart bilgin,

[01:10.03] Bobojonlaring kabi,

[01:13.92] Barchaga ibrat bo'lgin.

[01:17.67] Hayot sinovlari bor,

[01:21.67] O'rganishdan qilmay or,

[01:25.57] Yaxshiga yaqin bo'lib,

[01:29.33] Odob o'rgan, bilim ol.

[01:33.07] Uxla bolam, bolajonim,

[01:37.07] Aqlli bilimdonim.

[01:40.81] Orom olgin, miriqib,

[01:44.82] Tongda uyg'on, tiniqib.

[01:48.48] Uxla bolam, jonim bolam,

[01:52.48] Shirin tushlar ko'rgin sen,

[01:56.23] Jon bolam, jonim bolam,

[01:59.98] Baxtli inson bo'lgin sen.

[02:03.89] Iymoning komil bo'lsin,

[02:07.54] Yonginangda bizlar bor,

[02:11.54] Jigarbandim, azizim,

[02:15.29] Senga mexrim bo'lsin yor.

[02:19.29] Uxla bolam, bolajonim,

[02:22.79] Aqlli bilimdonim.

[02:26.93] Orom olgin miriqib,

[02:30.94] Tongda uyg'on, tiniqib.

[02:34.69] Uxla bolam, jonim bolam,

[02:38.44] Shirin tushlar ko'rgin sen,

[02:42.19] Jon bolam, jonim bolam,

[02:46.19] Baxtli inson bo'lgin sen.